Yangiliklar

Meksika orqali AQSHga ishga yuborishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi

Meksika orqali AQSHga ishga yuborishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Marhamat tuman boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro O.U. fuqaro F.B.ning ishonchiga kirib, uni goʻyoki migratsiya agentligida ishlovchi tanishlari yordamida Meksika davlati orqali Amerika Qoʻshma Shtatlariga ishga yuborishi evaziga 15 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlanib, uning koʻrsatuviga asosan davom etgan tadbirda boshqa bir fuqaro N.M. fuqaro O.U.dan 6 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.