Shavkat Mirziyoyev va Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko Qoʻshma bayonot qabul qildilar. Davlat rahbarlari huzurida qator muhim ikki tomonlama hujjat va bitimlarni imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.
Shu jumladan:
- 2024-2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi;
- Mahsulotlarni sertifikatlashtirish elektron tizimlarini qoʻllash toʻgʻrisida bitim;
- Raqobatni rivojlantirish, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohalarida hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
- Ilm-fan va ishlab chiqarishda hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
- Toshkent va Minsk shaharlari oʻrtasida birodarlik munosabatlarini oʻrnatish va koʻp qirrali hamkorlikni rivojlantirish toʻgʻrisida bitim;
- Energetika sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;
- Intellektual mulk sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;
- 2024-2025-yillarda sport sohasida hamkorlik dasturi;
- 2024-2025-yillarda madaniyat va sanʼat sohasida hamkorlik dasturi;
- 2024-2025-yillarda maktabgacha taʼlim muassasalarining pedagog kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasida hamkorlik dasturi;
- 2024-2025-yillarda taʼlim sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xarita”si;
- 2024-2026-yillarda agrosanoat majmuida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xarita”si;
- Oʻsimliklar karantini sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha qoʻshma chora-tadbirlar rejasi;
- 2024-2025-yillarda turizm sohasida hamkorlik boʻyicha chora-tadbirlar rejasi.
Bundan tashqari, tashrif doirasida 2024-yilda Oʻzbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi hududlari delegatsiyalarining oʻzaro tashriflari reja-jadvali imzolandi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!