8-fevral kuni taxminan soat 15:45 larda Mirobod tumani Nukus – Mirobod koʻchalari kesishgan chorrahasida V.K. boshqaruvida boʻlgan KIA, R.R. boshqaruvida boʻlgan Matiz va ZEEKR rusumli avtomashina (haydovchining shaxsiga oydinlik kiritilmoqda) ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan. Bu haqda IIBB YHXB matbuot xizmati xabar berdi.
YTH natijasida KIA, Matiz haydovchilari va ZEEKR haydovchisi va yoʻlovchisi shifoxonaga olib borilgan.
Holat boʻyicha Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!