Sogʻliqni saqlash vazirligi va “Jizzakh Auto” oʻrtasida imzolangan shartnomaga muvofiq, “103” xizmatiga navbatdagi 30 dona A toifali “Volkswagen Caddy” tez tibbiy yordam avtomashinalari topshirildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 2023-yil yanvar-fevral oylarida Respublika tez tibbiy yordam markazi avtoparki Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan 227 ta “Volkswagen Caddy” avtomashinalari bilan boyidi. Shuningdek, oʻtgan yil avgust oyida 50, sentyabr oyida 100, oktyabr oyida 100, noyabr oyida esa yana 108 dona ana shunday avtoulovlarning yangi partiyasi ehtiyojga qarab Respublika tez tibbiy yordam markazining hududiy filiallariga taqdim etildi.
2023-yil soʻngida “Jizzakh Auto” kompaniyasi tomonidan Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimi uchun mazkur rusumdagi avtomashinalarning navbatdagi 100 dona yangi partiyasi taqdim etildi.
Aytish lozimki, bu galgi 30 ta avtoulov Respublika tez tibbiy yordam markazining Qashqadaryo, Samarqand va Xorazm viloyati filiallariga mavjud ehtiyojga qarab taqsimlanadi. Natijada tizimdagi bunday avtotransport vositalari soni jami 800 dan oshadi.
Rejaga koʻra, 2024-yil mart oyigacha yana 170 ta “Volkswagen Caddy” rusumidagi tez tibbiy yordam avtomashinalari hududlarga topshiriladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!