Yangiliklar

Toshkentda aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Toshkentda aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman boʻlimi tomonidan soliq inspeksiyasi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “A-T.” MCHJga qarashli savdo doʻkoni sotuvchisi A.S. hech qanday hujjatsiz 3 quti “Parlament Superslim winter fuse” nomli aksiz markasiz tamaki mahsulotini fuqaro E.Q.ga sotganligi aniqlanib, ushbu savdo doʻkonidan 94 xil turdagi jami 2 799 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.