Maʼlum qilinishicha, Jinoyat ishlari boʻyicha Yunusobod tuman sudida Bosh prokuror oʻrinbosarining Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a” bandi va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinuvchi va Jinoyat-protsessual kodeksining 227-moddasi (surishtiruvchining, tergovchining yoki prokurorning qaroriga binoan ushlab turish) tartibida ushlangan A. D. (erkak, 1982-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, “Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruvi raisi lavozimida ishlagan) ga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi iltimosnomasi koʻrib chiqildi.
Jinoyat ishlari boʻyicha Yunusobod tuman sudining 2024-yil 7-fevraldagi ajrimi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori oʻrinbosarining iltimosnomasi qanoatlantirilib, gumon qilinuvchi A. D.ga nisbatan “qamoqqa” olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilib, qamoqqa olinishi va tergov hibsxonasiga joylashtirilishi belgilandi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!