“Qatar Airways” Doha — Toshkent — Doha yoʻnalishi boʻyicha parvozlarni yoʻlga qoʻymoqda. Birinchi parvoz 2024-yil 2-iyunga belgilangan. Yoʻlovchi reyslari haftasiga toʻrt marta — dushanba, chorshanba, juma va yakshanba kunlari Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladi.
“Biz uchun bu darajadagi yirik aviakompaniyaning Toshkent aeroportiga parvoz qilishi juda muhim. Biz har yili nafaqat reyslar geografiyasini kengaytirish, balki xorijiy aviatashuvchilar sonini koʻpaytirish, bozorda sogʻlom raqobatni rivojlantirish va shu bilan birga, yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash ustida ish olib boramiz”, — deya taʼkidlaydi “Uzbekistan Airports”.
“Qatar Airways” bosh qarorgohi Dohada joylashgan Qatar milliy aviakompaniyasi hisoblanadi. Aviakompaniya dunyo boʻylab 170 dan ortiq yoʻnalishlarga parvoz qiladi. “Qatar Airways” koʻplab nufuzli mukofotlarni qoʻlga kiritgan va “Skytrax” tomonidan yetti marta “Dunyoning eng yaxshi aviakompaniyasi” deb topilgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!