Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi, IIB, Bojxona va Milliy Gvardiya xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda “R.U.” MCHJ rahbari I.E. MCHJ savdo doʻkonida hech qanday hujjatsiz har xil turdagi jami 12 510 dona alkogol hamda 848 quti tamaki mahsulotini sotuvga qoʻyganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Xuddi shunday, Departamentning Bulungʻur tuman boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda “O.” MCHJ rahbari F.E. MCHJ savdo doʻkonida hech qanday hujjatsiz har xil turdagi jami 3 855 dona alkogol va 419 quti tamaki mahsulotlarini sotuvga qoʻyganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Departamentning Jizzax viloyat boshqarmasi hamda IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa, “I.T. MCHJga qarashli savdo doʻkonida hech qanday hujjatsiz 9 xil turdagi 693 dona qalbaki aksiz markali isteʼmolga yaroqsiz alkogol mahsulotlari sotuvga qoʻyilganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) va 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!