Yangiliklar

Sobiq “Poytaxt” biznes-markazida yongʻin sodir boʻldi

Sobiq “Poytaxt” biznes-markazida yongʻin sodir boʻldi

Bugun, 9-fevral kuni soat 11:40 da Toshkent shahar Yunusobod tumani Sharof Rashidov koʻchasida joylashgan binoda qurilish materiallari yonayotgani toʻgʻrisida FVBga xabar tushgan.

Shunga koʻra, 4 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 11:43 da voqea joyiga yetib bordi va yongʻin va soat 11:51 da oʻchirildi.   

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq. 

Yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.