Yangiliklar

BAAda kasal boʻlib, qiyin ahvolda qolgan fuqaro vatanga qaytarildi

BAAda kasal boʻlib, qiyin ahvolda qolgan fuqaro vatanga qaytarildi

Oʻzbekiston Bosh konsulxonasi tomonidan Birlashgan Arab Amirliklarida kasal boʻlib, qiyin ahvolda qolgan yurtdoshimiz Z.A.ning vatanga qaytishiga yordam berildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Ushbu insonparvarlik koʻmagi BAAda istiqomat qilayotgan vatandoshlar hamda “Ayollar va bolalarga yordam koʻrsatish markazi” xayriya tashkiloti rahbariyatining faol qoʻllab-quvvatlovi ostida amalga oshirildi.

Bosh konsullikka yoʻllangan murojaat asosida Z.A.ning Oʻzbekistonga qaytishi uchun zarur barcha hujjatlarni rasmiylashtirish ishlari tashkil etildi. Ular uchun toʻlovlar va mamlakatga qaytish chiptasi uchun toʻlovlar toʻliq homiylar tomonidan qoplandi.

8-fevral kuni fuqaro “Uzbekistan Airways” kompaniyasining “Dubay-Toshkent” yoʻnalishidagi havo qatnovi bilan Oʻzbekistonga kuzatib qoʻyildi.