Yangiliklar

Nurobod tumanida fermer xoʻjaligi yer maydonini noqonuniy sotilishining oldi olindi

Nurobod tumanida fermer xoʻjaligi yer maydonini noqonuniy sotilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nurobod tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “H.” fermer xoʻjaligi rahbari L.X. va hisobchisi M.B. (muqaddam sudlangan) fuqaro Sh.J.ning ishonchiga kirib, unga 70 000 AQSH dollari evaziga fermer xoʻjaligining 3 gektar yer maydonini sotishlarini aytib, oldindan 35 000 AQSH dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.