Yangiliklar

Toyloq tumanida suyultirilgan gaz sotuvidan tushgan mablagʻlarni oʻzlashtirgan shaxslar aniqlandi

Toyloq tumanida suyultirilgan gaz sotuvidan tushgan mablagʻlarni oʻzlashtirgan shaxslar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toyloq tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Toyloqtumangaz” boʻlimi SUG xizmati xodimlari I.S., K.D., I.O. va F.A. oʻzraro til biriktirib, 2023-yilning oktyabr-noyabr oylarida imtiyozli narxda aholi xonadonlariga yetkazib berilgan suyultirilgan gaz sotuvidan tushgan 346,9 mln soʻmni bank kassasiga kirim qilmasdan oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.