Bugun, 11-fevral kuni soat 14:00 da Andijon viloyati, Marhamat tumani, “Oʻzbekiston” MFYda joylashgan ikki qavatli uyning tom qismida yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida FVBga xabar tushgan.
Shunga koʻra, 7 ta yongʻin-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 14:06 da yetib borib, yongʻin soat 14:16 da oʻrab olingan va soat 14:44 da oʻchirilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar toʻgʻrisida maʼlumot kelib tushmadi.
Yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!