Bugun Oʻzbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Ashraf Xodjayev Qatar poytaxtiga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Dohaga tayinlanishidan oldin u TIVning Iqtisodiy diplomatiya departamenti direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi. 43 yoshli diplomat Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Oʻzbekiston Milliy universiteti, Pekin universitetini tamomlagan. Iqtisodiyot fanlari nomzodi (PhD) ilmiy darajasiga ega.
TIV tizimidagi faoliyatini 2005-yilda referent sifatida boshlagan. Oʻtgan yillar davomda u vazirlik markaziy apparatida, shuningdek, Nyu-York shahridagi Oʻzbekistonning BMTdagi doimiy vakolatxonasida va Buyuk Britaniyadagi elchixonada turli lavozimlarda ishlagan. 2018-yildan eʼtiboran Tashqi ishlar vazirligining Iqtisodiy diplomatiya departamenti boshqarma, bosh boshqarma boshligʻi va direktori boʻlib faoliyat olib borgan.
Ashraf Xodjayev Oʻzbekistonning Qatardagi qarorgohi Dohada boʻlgan birinchi elchisidir.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!