Yangiliklar

Yozyovonda 7 kg dan ziyod giyohvandlik moddani saqlab kelayotgan shaxs aniqlandi

Yozyovonda 7 kg dan ziyod giyohvandlik moddani saqlab kelayotgan shaxs aniqlandi
Foto: Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

9-fevral kuni tumani IIB hamda DXX xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida,  Beruniy MFYda yashovchi, 1978-y.t. fuqaro A.X. yashash xonadonining omborxonasida jami 7,170 kg miqdoridagi nasha giyohvandlik moddasini saqlab kelayotganligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi. Bu haqda  Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.