Yangiliklar

Hafta oxirida qor yogʻib, havo sovishi kutilmoqda

Hafta oxirida qor yogʻib, havo sovishi kutilmoqda

16-fevral kuni Oʻzbekistonning shimoliy hududlariga, 17-19-fevral kunlari respublikaning barcha hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda Oʻzgidromet xabar berdi. 

16-fevralda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida, 17-19-fevralda Oʻzbekiston hududining katta qismida vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qorga aylanadi) kuzatiladi, 17-18-fevralda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va Fargʻona vodiysi viloyatlarida baʼzi joylarda kuchli boʻladi.

16-18-fevralda respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayadi, baʼzida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

18-19-fevral kunlariga kelib, Oʻzbekiston hududi boʻyicha havo harorati kechalari 3-8 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-3 daraja sovuqqacha pasayadi. Shimolda 17-19-fevral kunlari harorat kechalari 13-16 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 5-8 daraja sovuqqacha pasayadi.