12-15-fevral kunlari Oʻzbekistonning barcha hududlarida fevral oyi oʻrtasi uchun quruq va juda iliq boʻlgan ob-havo saqlanib turadi, deb xabar bermoqda Oʻzgidromet.
Harorat 12-13-fevral kunlari kechalari 3-8 daraja iliq, kunduz kunlari 12-17 daraja iliq boʻladi. 14-15-fevralda bundan ham iliq – kechalari 5-10 daraja iliq, kunduz kunlari 19-24 daraja iliq boʻladi. Bunday harorat foni fevral oyi oʻrtasi uchun boʻlgan meʼyoriy qiymatlardan 10-12 darajaga yuqoridir. Bunday quruq ob-havo Oʻzbekiston hududining katta qismida 16-fevral kuni ham saqlanib turadi. Havo harorati kunduzi 15-20 darajagacha biroz pasayadi.
Faqat Oʻzbekistonning shimoli-gʻarbiy hududlariga 16-fevralda kelib chiqishi arktik boʻlgan sovuq va nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida baʼzi joylarda yomgʻir va qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik boʻlishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq boʻladi.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-16-fevralda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda baʼzida 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Respublikaning togʻli hududlarida 12-fevral kuni qor koʻchishi xavfi bor.
Poytaxtda 12-16-fevral kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 12-13-fevralda kechalari 3-8 daraja iliq, kunduz kunlari 12-17 daraja iliq, 14-15-fevralda kechalari 5-10 daraja iliq, kunduz kunlari 19-22 daraja iliq boʻladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!