Yangiliklar

Kelgusi ikki yilda 5 ta xalqaro brend jalb qilinib, ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi

Kelgusi ikki yilda 5 ta xalqaro brend jalb qilinib, ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi

Issiqxonalarda mahsulot yetishtirishni qoʻllab-quvvalash boʻyicha qoʻshimcha choralar belgilab olindi. Issiqxona xoʻjaliklarini kreditlash mexanizmini qayta koʻrib chiqish topshirildi. 

Prezident yoqilgʻisiz isitiladigan, ixcham issiqxonalarni barpo qilish tajribasini qoʻllab-quvvatlab, tayyor holda topshirish sharti bilan 10 sotixli 200 tagacha ixcham issiqxona qurish vazifasini qoʻydi. Ushbu maqsadlarga “Oilaviy tadbirkorlik” dasturi doirasida 100 million soʻmgacha garovsiz kredit beriladi.

Yigʻilishda 25 turdagi talab eng yuqori boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlarni mamlakatimizda ishlab chiqarishni tashkillashtirish muhimligi taʼkidlandi. Bu boʻyicha 7 trillion soʻmlik 342 ta loyiha ishlab chiqilgan.

Kelgusi ikki yilda 5 ta xalqaro brendni jalb qilib, ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish topshirildi. Shuningdek, Jahon bankidan jalb qilingan mablagʻlar hisobidan yangi loyihalar uchun 10 yil muddatga, aylanma mablagʻ uchun 2 yilga milliy valyutada 18 foizdan kredit ajratiladi.

Mashhur brendlar buyurtmalarini bizning korxonalarga joylashtirish bilan shugʻullanadigan sorsing kompaniyalarni jalb qilish xarajatining 50 foizi qoplanadi. Bunda, har bir brendga 500 million soʻmgacha subsidiya beriladi.