Yangiliklar

Dollar kursi yana koʻtarildi

Dollar kursi yana koʻtarildi
Foto: Markaziy bank

Oʻzbekistonda dollar kursi koʻtarildi, deb xabar bermoqda Markaziy bank matbuot xizmati.

Maʼlumotga koʻra, dollarning rasmiy kursi 10,39 soʻmga koʻtarilib, 14-fevraldan boshlab 12 480,04 soʻmni tashkil etadi.

Shuningdek, yevro kursi 8,69 soʻmga koʻtarilib, chorshanbadan 13 437,26 soʻmni tashkil qiladi. Rubl kursi 0,10 soʻmga pasayib, 14-fevraldan rublning rasmiy kursi 136,74 soʻmni tashkil etadi.