10-fevral kuni “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Misr hukumati tomonidan mamlakatimizga insonparvarlik yordam sifatida ajratilgan C gepatitiga qarshi “Sofosbuvir-400mg” dori vositasining joriy yildagi toʻrtinchi turkumini Sharm ash-Shayxdan Toshkentga yetkazib berdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Umumiy 12 dona qutilarda 6720 dona “Sofosbuvir-400mg” dori vositalari Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan shifotalab bemorlarga taqsimlanadi.
Oʻzbekiston elchixonasi maʼlumotiga koʻra, Misr hukumati tomonidan 2025-yilga qadar umumiy qiymati 4,2 million AQSH dollari boʻlgan jami 800 ming dona (40 tonnaga yaqin) C gepatitini daʼvolash uchun “Daklatasvir” va “Sofosbuvir”, V gepatitiga qarshi “Entekavir” dori vositalarining begʻaraz koʻmak yordami sifatida Oʻzbekistonga taqdim etilishi yuzasidan kelishuvga erishilgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!