Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirobod tuman boʻlim tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “S.c” MCHJga qarashli savdo doʻkoni sotuvchisi D.T. xaridorga “Esse change” nomli aksiz markasiz tamaki mahsulotini sotgan vaqtida ushlanib, ushbu doʻkondan umumiy bahosi 222,1 mln soʻmlik 3 175 quti tamaki hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!