Yangiliklar

Xonqa va Kogonda elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Xonqa va Kogonda elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xonqa tuman boʻlimi tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tadbirkor M.J. va “Oʻz.” AK Xorazm filiali masʼul shaxslari tuman telekommunikatsiyalar bogʻlamasi binosini hech qanday hujjatsiz umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga ulab, jami 149,9 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Kogon shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “F.S.” MCHJ rahbari Oʻ.E. Buxoro shahar “Alpomish” koʻchasida joylashgan quruq qurilish qorishmasi ishlab chiqarish sexini hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmogʻiga ulab, jami 109,4 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.