Yangiliklar

Andijon viloyati hokimiga yangi oʻrinbosar tayinlandi

Andijon viloyati hokimiga yangi oʻrinbosar tayinlandi

Gulnora Ahmedova Andijon viloyati hokimi oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Gulnora Ahmedova 1974-yilda Baliqchi tumanida tugʻilgan. 1996-yilda Andijon davlat universitetini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida umumtaʼlim maktablari, kasb-hunarga oʻqitish markazlarida oʻqituvchi, direktor oʻrinbosari va direktori lavozimlarida, tuman aholi bandligiga koʻmaklashish markazi rahbari va MFYda hokim yordamchisi lavozimlarida ishlagan.

Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Andijon viloyati boshqarmasi Shahrixon tumani boʻlimi rahbari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.