Yangiliklar

Ikki hududda ishga va oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi

Ikki hududda ishga va oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentining Qarshi shahar boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro D.N. fuqaro A.X.ning ishonchiga kirib, uni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida “Shoʻrtangaz kimyo majmuasi” MCHJning qurilish va taʼmirlash boshqarmasiga ishga kirtib qoʻyishi evaziga 1 500 AQSH dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Shu kabi, Departamentning Navoiy shahar boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Ch.C.” MCHJ rahbari U.K. fuqaro N.A.ni Qarshi shahar Axborot texnologiyalari va menejment universitetiga oʻqishga kiritib qoʻyishi evaziga 12 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.