Yangiliklar

Bojxona qoʻmitasi tomonidan 2 mln quti tamaki mahsulotlari yoqib yuborildi

Bojxona qoʻmitasi tomonidan 2 mln quti tamaki mahsulotlari yoqib yuborildi
Foto: OʻzA

Bugun Bojxona qoʻmitasi Kontrabandaga qarshi kurashish boshqarmasining tezkor tadbirlari davomida aniqlangan tegishli hujjatlarga ega boʻlmagan tamaki mahsulotlari keng jamoatchilik guvohligida yoqib yuborildi. Bu haqda OʻzA xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, 2023-yilda Bojxona organlari tomonidan 291 ta holatda, 92,2 millard soʻmlik, 5,7 million quti noqonuniy tamaki mahsulotlar bilan bogʻliq huquqbuzarliklar aniqlangan.

Shuningdek 2024-yilda 56 ta holatda, 14 milliard soʻmlik, 52 ming 8740 quti noqonuniy tamaki mahsulotlari fosh etilgan.