Yangiliklar

Chaqaloqlarni boshqa fuqarolarga sotmoqchi boʻlgan shaxslar ushlandi

Chaqaloqlarni boshqa fuqarolarga sotmoqchi boʻlgan shaxslar ushlandi
Videodan skrin

Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament va viloyat ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda Guliston shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, 1991-yilda Buxoro viloyatida tugʻilgan, Guliston shahrida vaqtincha yashovchi ayol joriy yilning 30-yanvar kuni tugʻilgan oʻgʻil farzandini 40 ming AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Surxondaryo viloyatida kuzatilgan holatda esa Termiz tumanida yashovchi, 1993-y.t. ayol joriy yilning 25-yanvar kuni tugʻilgan qiz farzandini oʻzining jinoiy sherigi boʻlgan, 1982-y.t. ayol bilan til biriktirib, Termiz shahrida 25 mln. soʻmga sotgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ushlandi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Chirchiq shahrida yashovchi, 1997-y.t. ayol oʻzining 2018-yilda tugʻilgan oʻgʻlini Toshkent shahrida 3 ming AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.

Shuningdek, Namangan shahrida yashovchi, 1995-y.t. ayol oʻzining 2014-yilda tugʻilgan oʻgʻlini 18 ming AQSH dollariga sotishga kelishib, talab qilingan puldan 4 ming AQSH dollarini olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati hamda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ushlandi.

Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.