Jamiyat

Kusherbayev nodavlat OTMlarning litsenziyalari bekor qilinishi boʻyicha xavotirlarini bildirdi

Kusherbayev nodavlat OTMlarning litsenziyalari bekor qilinishi boʻyicha xavotirlarini bildirdi

Rasul Kusherbayev nodavlat OTMlarning litsenziyalari bekor qilinishi boʻyicha xavotirlarini bildirdi.

“Oʻrmonga oʻt ketdi, deb xoʻl-u quruq birdek yonmasin!

Bir qator nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarining litsenziyalari bekor qilindi. Jumladan, “Valley Innovative University”, Urganchdagi “Binari” universitetlarining litsenziyalari sudning yakuniy qarorlari koʻra bekor boʻlgan. 

Shuningdek, ayni vaqtda “Namangan xalqaro nodavlat universiteti”, “Turkiston yangi innovatsiyalar universiteti” va “Toshkent texnologiyalar universiteti”ning ham litsenziyalarini bekor qilish boʻyicha sud ishlari ketmoqda.

Nodavlat taʼlimni rivojlantirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar fonida afsuski, bu kabi holatlar aholida xususiy taʼlim sohasiga nisbatan ishonch pasayishiga olib keladi.

Shu bilan birga, bu nazorat qiluvchi organlar nazarida ham xususiy oliy taʼlimga nisbatan salbiy kayfiyat shakllanishiga olib kelishi mumkin. Xavotirimiz ham shu: oʻrmonga oʻt ketdi, deb xoʻl-u quruq birdek yonmasin!

Nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari safida ilgʻor texnologiyalar va zamonaviy pedagogik standartlarni joriy etib, sifatli taʼlim berib kelayotganlari juda ham koʻp.

Umid qilamizki, litseziyalarni bekor qilish amaliyoti sifatli taʼlim xizmatini koʻrsatayotgan nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga daxl qilmaydi.

Uyushmamiz oʻz aʼzolarini bu borada doimo qoʻllab-quvvatlaydi va amaldagi qonunchilik hujjatlariga rioya etishlari uchun zarur huquqiy koʻmak koʻrasatadi”.

Rasul Kusherbayev, “Yosh ziyokor” nodavlat taʼlim tashkilotlari uyushmasi raisi