Yangiliklar

Oʻzbekistonning koʻchib yuruvchi noyob hayvonlari suratlarga muhrlandi

Oʻzbekistonning koʻchib yuruvchi noyob hayvonlari suratlarga muhrlandi

Yovvoyi hayvonlarning koʻchib yuruvchi turlarini saqlash boʻyicha oʻtkazilayotgan konferensiyaning 14-yigʻilishiga bagʻishlangan “Koʻchib yuruvchi noyob hayvonot olami” nomli raslar koʻrgazmasining ochilish marosimi 13-fevral kuni boʻlib oʻtdi.

Koʻrgazma Samarqand shahridagi “Buyuk ipak yoʻli” sanʼat qarorgohida, Markaziy Osiyo mamlakatlari davlat sektori rahbarlari, diplomatik korpuslar, xalqaro tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari ishtirokida boʻlib oʻtdi.

2024-yil yanvar oyida Ekologiya vazirligi, Badiiy akademiya va Oʻzbekiston Davlat sanʼat muzeyi hamkorligida tashkil etilgan plener natijasida 40 nafar yosh rassomning 100 ga yaqin rasmlari namoyish qilindi.

Ijodiy plenerlardan koʻzlangan asosiy maqsad Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan noyob koʻchmanchi jonivorlarga mehr-muhabbat tuygʻusini kuchaytirish, yoshlar orasida ekologik madaniyatni oshirish va ongni yuksaltirishdir.

–  Bu turlarning barcasi juda chiroyli  boʻlib, ular rasmlarda yorqin ifodalangan va deyarli barchasi Ramsar konvensiyasi bilan himoyalangan. Biz koʻchib yuruvchi turlar haqida koʻproq gapirishimiz kerak. Misol uchun, yaxshi muvofiqlashtirilgan hamkorlik tufayli kiyiklarning aksariyat turlari populyatsiyasi hozirda tiklanmoqda. Shuning uchun men COP14 da ushbu goʻzal turlarni saqlash boʻyicha keyingi muhokamalar va kelishuvlarni kutaman, dedi Musonda Mumba, Suv-botqoq erlar toʻgʻrisidagi konvensiya Bosh kotibi.

Koʻrgazma haqiqatdan ham Oʻzbekistonda mavjud boʻlgan noyob landshaft, noyob turlar va bu yerdagi odamlarning biologik xilma-xillikka boʻlgan mehr-muhabbatini koʻrsatadi. Biz qor qoploni, saygʻoq antilopasi kabi mashhur koʻchmanchi qushlarning  ijodiy va chiroyli rasmlarini, shuningdek, goʻzal manzaralarni koʻrishimiz mumkin, deydi CBD Kotibiyati ijrochi kotibi vazifasini bajaruvchi Devid Kuper.

Koʻrgazma bir oyga yaqin mahalliy aholi va mehmonlar uchun ochiq boʻladi.

Uning natijalariga koʻra, eng yaxshi asarlar respublikada xizmat koʻrsatgan artistlardan iborat vakolatli hakamlar hayʼati tomonidan tanlab olinadi va ularning mualliflari pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.