DXX hamkorlikda Jizzax viloyatida tezkor nazorat tadbiri oʻtkazdi. Bu haqda OʻzA xabar berdi.
Xususan, Sh.Rashidov tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro oʻz yashash xonadonida va Jizzax shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro oʻziga tegishli sartaroshxonaning qoʻshimcha xonasida kripto-aktiv va mayning qurilmalarni toʻgʻridan-toʻgʻri elektr tarmogʻiga ulab, noqonuniy ravishda foydalanib kelgan.
Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, noqonuniy foydalanish holatlari natijasida davlat manfaatlariga 490 mln soʻmlik zarar yetkazilgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!