15-fevral kuni soat 14:20 larda Sergeli tumani, Mirzo Tursunzoda-Lutfikor koʻchalari kesishgan chorrahada YTH sodir boʻldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, M.Q. boshqaruvida boʻlgan KIA avtomashinasi va Sh.O. boshqaruvida boʻlgan Lacetti avtomashinalari ishtirokida YTH sodir boʻlgan. YTH natijasida Lacetti haydovchisi tan jarohat olgan.
Holat boʻyicha Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!