Yangiliklar

Aqmola viloyatida yoʻlda qolib ketgan 64 nafar oʻzbekistonlik evakuatsiya qilindi

Aqmola viloyatida yoʻlda qolib ketgan 64 nafar oʻzbekistonlik evakuatsiya qilindi
Foto: Aqmola viloyati FVD

Aqmola viloyatida yoʻlda qolib ketgan 64 nafar oʻzbekistonlik yoʻlovchilar evakuatsiya qilindi, ulardan 17 nafari bolalar. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar departamentiga tayanib, Kazinform agentligi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, 15-fevral kuni “Astana-Chelyabinsk” yoʻnalishida harakatlanayotgan yoʻlovchi avtobusi “Jaqsi-Yesil-Buziliq” yoʻlidagi Jaqsi qishlogʻi yaqinida buzilib qolgan.

“Jaqsi tumani qutqaruvchilari Ayaz Maqashev va Saylaubek Qazjimuratov zudlik bilan chaqiruv joyiga yetib borishdi. Ular buzilgan avtobusda boʻlgan 64 nafar yoʻlovchini (shundan 17 nafari bola) Jaqsi qishlogʻidagi 1-sonli oʻrta maktabda joylashgan isinish joyiga olib ketishdi. Yoʻlovchilar tibbiy yordamga muhtoj boʻlmagan”, – deyiladi agentlik xabarida.