Yangiliklar

Bugun mamlakatning koʻplab hududlarida havo harorati keskin pasayadi

Bugun mamlakatning koʻplab hududlarida havo harorati keskin pasayadi
Ilyustrativ foto

Oʻzgidromet bugun, 16-fevral kuni mamlakat boʻylab havo harorati qanday boʻlishi haqida maʼlumot berdi.

TOSHKENT SHAHRI

Havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, kechga tomon qorga aylanishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va ertalab 9-11° iliq boʻladi, kunduzi 2-4° iliqqacha pasayadi.

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda biroz qor yogʻishi, tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda baʼzida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13° sovuq, Ustyurtda 15-18° sovuqqacha, kunduzi 3-8° sovuq boʻladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda baʼzida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va ertalab 7-12° iliq boʻladi, kunduzi 2-5° iliqqacha pasayadi; choʻl hududlarda kechasi va kunduzi 2-7° sovuq boʻladi.

TOSHKENT, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, kechga tomon qorga aylanishi mumkin) boʻladi, ayrim joylarda kuchli boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda baʼzida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va ertalab 7-12° iliq boʻladi, kunduzi 2-5° iliqqacha pasayadi.

SAMARQAND VILOYATI

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda baʼzida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 7-12° iliq boʻladi.

QASHQADARYO VILOYATI

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda baʼzida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 15-20° iliq boʻladi.

SURXONDARYO VILOYATI

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda baʼzida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 18-23° iliq boʻladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli boʻladi, kunning ikkinchi yarmida yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 10-15° iliq boʻladi.

RESPUBLIKANING TOGʻLI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), baʼzi joylarda kuchli boʻladi, tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va ertalab 2-7° iliq boʻladi, kunduzi 0-5° sovuqqacha pasayadi.