Yangiliklar

Koreya Respublikasida noqonuniy boʻlib turgan oʻzbekistonliklar 29-fevralgacha ushbu davlatdan chiqib ketishga chaqirildi

Koreya Respublikasida noqonuniy boʻlib turgan oʻzbekistonliklar 29-fevralgacha ushbu davlatdan chiqib ketishga chaqirildi
Foto: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

Koreya Respublikasida noqonuniy (nolegal) boʻlib turgan oʻzbekistonliklar 29-fevralgacha ushbu davlatdan chiqib ketishi mumkin. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, chiqib ketishdan 3 ish kuni oldin Immigratsiya xizmatiga borib, ketish toʻgʻrisida ixtiyoriy ariza toʻldirish, pasport va aviachipta taqdim etish zarur. Immigratsiya xizmati beradigan tasdiqnoma bilan vatanga muammosiz qaytib kelishi mumkin.

Immigratsiya xizmati maʼlum qilishicha, noqonuniy boʻlib turgan fuqaro ushbu imkoniyatdan foydalanib oʻz xohishi bilan chiqib ketsa, deportatsiya qilinmaydi va kelgusida Koreya Respublikasiga qayta kirib borish imkoniyatiga ega boʻladi.