15-fevral kuni Bolalar ombudsmani Jinoyat ishlari boʻyicha Chilonzor tumani sudida bolaga (2017-yilda tugʻilgan qizga) nisbatan sodir etilgan jinsiy jinoyat (JKning 119-moddasi, 4-qismi) yuzasidan yopiq tarzda oʻtkazilgan sud protsessida bolaning qonuniy manfaatlari nuqtai nazaridan ishtirok etdi.
Sud mazkur ogʻir jinoyatni har tomonlama, xolisona oʻrgangan ravishda, ishdagi dalillardan va ish uchun ahamiyatli boshqa holatlardan kelib chiqib, sudlanuvchini aybli deb topdi hamda unga amaldagi qonun doirasidagi qatʼiy jazo chorasi – 16 yil ozodlikdan mahrum qilish (qattiq tartibdagi koloniyalarda oʻtash) jazosini tayinladi.
Bunday toifadagi jinoyatlar uchun javobgarlikning yangi tartibiga binoan, mazkur hukm qonuniy kuchga kirganidan soʻng mahkumga nisbatan jazoni yumshatish hech bir chorasi qoʻllanilmaydi va u jazoni toʻliq oʻtaydi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!