Yangiliklar

Prezident Andijon shahridagi sanʼat maktabiga Sherali Joʻrayev nomini berish taklifini ilgari surdi

Prezident Andijon shahridagi sanʼat maktabiga Sherali Joʻrayev nomini berish taklifini ilgari surdi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbari raisligida boʻlib oʻtayotgan yigʻilishda Zahiriddin Muhammad Bobur va uning ajdodlari xotirasiga munosib hurmat-ehtirom koʻrsatish maqsadida Andijon shahrida Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi hududida juda keng koʻlamli qurilish ishlari rejalashtirilgani maʼlum qilindi.

Boʻlajak majmua har jihatdan muhtasham, betakror mazmun va shaklga ega boʻlishi, Bobur va boburiylar sulolasining olamshumul shon-shuhratiga toʻla munosib boʻlishi kerakligi taʼkidlandi.

Prezident oʻzbek qoʻshiqchilik sanʼati rivojida oʻchmas iz qoldirgan Oʻzbekiston va Tojikiston xalq artisti, Alisher Navoiy mukofoti sovrindori, mashhur hofiz Sherali Joʻrayev nomini barchamiz alohida hurmat bilan esga olishimizni taʼkidladi.

Davlat rahbari Andijon shahridagi sanʼat maktabiga Sherali Joʻrayev nomini berish taklifini ilgari surdi.

Bu maktab Musiqa va sanʼat kollejiga aylantirilib, grant asosida zamonaviy kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi. Yangi oʻquv va turar joy binosi, zarur infratuzilma obyektlari barpo etiladi, shuningdek, Sherali Joʻrayev byusti oʻrnatiladi.

Yigʻilishda viloyat hokimi, kompleks va tarmoqlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi.