Yangiliklar

Uchta hududda valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Uchta hududda valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yakkabogʻ tuman boʻlimi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan I.J. jami 3 950 AQSH dollarini fuqaro B.K.ga 49,2 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Amudaryo tuman boʻlimi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan B.A. fuqaro D.R.dan jami 3 500 AQSH dollarini 43,4 mln soʻmga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Qamashi tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa, valyuta ayishboshlash bilan shugʻullanib kelgan T.M., B.D. jami 3 000 AQSH dollarini fuqaro I.M.ga 37,5 mln soʻmga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.