Fuqarolik ishlari boʻyicha Qoʻrgʻontepa tumanlararo sudi buyrugʻiga asosan qarzdor U.A.dan undiruvchi M.A. foydasiga ikki nafar bolaning moddiy taʼminoti uchun aliment undirish belgilangan. Bu haqda MIB matbuot xizmati xabar berdi.
Sud qaroriga koʻra, Xonobod shahrining Istiqlol mahallasida yashovchi U.A. farzandlari uchun 2020-yildan buyon oylik maoshidan aliment toʻlovlarini toʻlab keladi.
2024-yilning fevral oyida sobiq er-xotinlar Byuroning Xonobod shahar boʻlimiga kelib, bolalarning 18 yoshgacha boʻlgan aliment pullari miqdorini hisoblatadi. Oʻzaro kelishuvga muvofiq ota yangi olgan “Neksiya 3” mashinasini sotib, sotuvdan tushgan pullarning barchasini aliment uchun toʻlashini bildiradi.
Shu bilan, qarzdor U.A. “Neksiya 3” mashinasini 12 800 AQSH dollariga sotdi va ushbu pullarni farzandlari voyaga yetgunga qadar hisoblangan aliment toʻlovlari oʻrniga toʻladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!