Yangiliklar

13-martdan Toshkent va Varshava oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyiladi

13-martdan Toshkent va Varshava oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyiladi
Foto: «Dunyo» AA

Oʻzbekistonning Polshadagi elchixonasida 13-martdan boshlab “LOT Polish Airlines” aviakompaniyasi tomonidan yoʻlga qoʻyilayotgan Varshava–Toshkent–Varshava havo qatnoviga bagʻishlangan targʻibot tadbiri tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Oʻzbekiston va Polsha oʻrtasidagi tarixiy doʻstlik aloqalari, oʻtgan yili yurtimizga tashrif buyurgan polshalik sayyohlar soni 8 mingtani tashkil etgani va ushbu koʻrsatkichni 2024-yilda 25 mingga yetkazish rejalashtirilgani qayd etildi.

“LOT Polish Airlines” kompaniyasi Sotuv departamenti direktori Marta Vishnevska oʻz nutqida, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari tomonidan yurtimiz turizmiga boʻlgan qiziqish yuqori ekanligini va Oʻzbekistonning boy tarixi koʻplab sayyohlar kabi unda katta qiziqish uygʻotganini taʼkidladi. U ochilajak havo qatnovlari Oʻzbekiston va Polsha oʻrtasidagi sayyohlar almashinuvini yanada rivojlantirishga xizmat qilishini bildirdi.