Ijtimoiy tarmoqlarda oilaviy maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchisi vafot etganligi toʻgʻrisida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Jizzax viloyati prokuraturasi munosabat bildirdi.
Maʼlum boʻlishicha, 15-fevral kuni Doʻstlik tumanidagi mahallalarning birida joylashgan “N.Sh” oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchisi nazoratsiz qolishi oqibatida chiqib ketib, vafot etgan.
Holat yuzasidan Doʻstlik tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!