Yangiliklar

Kelasi hafta boshida havo harorati qanday boʻlishi haqida maʼlumot berildi

Kelasi hafta boshida havo harorati qanday boʻlishi haqida maʼlumot berildi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Oʻzgidromet 19—21-fevral kunlari mamlakat boʻylab havo harorati qanday boʻlishi haqida maʼlumot berdi.

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 19-20-fevralda 11-16° sovuq, 21-fevralda 7-12° sovuq, kunduzi 19-fevralda 0-5° sovuq, 20-21-fevralda 0-5° iliqgacha koʻtariladi; Ustyurtda kechasi 19-20-fevralda 15-20° sovuq, 21-fevralda 10-15° sovuq kunduzi 19-fevralda 3-8° sovuq, 20-21-fevralda 0-5° sovuqgacha koʻtariladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. 19-20-fevralda Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 19-20-fevralda 3° sovuq-2° iliq, 21-fevralda 1-6° iliq boʻladi. Navoiy viloyatining shimolida kechasi 19-fevralda 0-5° sovuq, kunduzi 20-21-fevralda 0-5° iliq gacha koʻtariladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli boʻladi, 19-fevralda baʼzi joylarda qor yogʻadi. 20-fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida baʼzi joylarda biroz qor yogʻishi mumkin, 21-fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. 19-20-fevralda Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 19-fevralda 3° sovuq-2° iliq, 20-21-fevralda 0-5° iliqgacha koʻtariladi.

QASHQADARYO VILOYATI

Havo biroz bulutli boʻladi, 19-fevralda baʼzi joylarda qor yogʻadi. 20-21-fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. 19-20-fevralda Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq; kunduzi 19-fevralda 3° sovuq-2° iliq, 20-21-fevralda 3-8° iliqgacha koʻtariladi.

SURXONDARYO VILOYATI

Havo biroz bulutli boʻladi, 19-fevralda baʼzi joylarda qor yogʻadi. 20-21-fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. 19-20-fevralda Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 19-fevralda 0-5° iliq; 20-21-fevralda 5-10° iliqgacha koʻtariladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda qor yogʻadi, tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat 19-fevralda kechasi va kunduzi 3° sovuq-2° iliq, 20-fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq, 21-fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq boʻladi.

RESPUBLIKANING TOGʻLI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda qor yogʻadi, tuman tushishi mumkin. Qor koʻchishi xavfi bor. Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 4-9° sovuq boʻladi.