Yangiliklar

Namanganda “svet”dan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi

Namanganda “svet”dan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uychi tuman boʻlim tomonidan “Oʻzenergoinspeksiya” viloyat boshqarmasi xodimalari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “J.B.” fermer xoʻjaligi rahbari Gʻ.S. “Jiydakapa” MFY hududida joylashgan ishlab chiqarish sexini hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga oʻgʻrilik yoʻli bilan ulab, jami 200,3 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.