Yangiliklar

Qashqadaryoda isteʼmolga yaroqsiz yogʻ ishlab chiqarayotgan xonadonlar aniqlandi

Qashqadaryoda isteʼmolga yaroqsiz yogʻ ishlab chiqarayotgan xonadonlar aniqlandi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrisabz shahar, Shahrisabz va Kitob tumani boʻlimlari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda fuqarolar Z.N., S.I va boshqalar oʻz uylarining yordamchi xoʻjaligida tashkil etgan yashirin sexlarda isteʼmolga yaroqsiz yogʻ mahsulotlari ishlab chiqarayotganliklari aniqlanib, ushbu xonadonlardan jami 274 litr qoʻlbola yogʻ, 421 kg chigit, 5 dona elektr dvigatel, juvoz uskunalari va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.