Yangiliklar

Taʻlim muassasalari attestatsiya va akkreditatsiyadan qanday oʻtkaziladi?

Taʻlim muassasalari attestatsiya va akkreditatsiyadan qanday oʻtkaziladi?

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan maktabgacha hamda umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini  attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

Attestatsiyaning asosiy prinsiplari: mustaqillik, xolislik, oshkoralik, shaffoflik, davriylik, majburiylik.

Tasdiqlangan Maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan hamda davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom quyidagilarni ham belgilaydi:

  • attestatsiya komissiyalarini tashkil etish tartibi va ularning tarkibi;
  • attestatsiyadan oʻtkazish haqida xulosa;
  • xalqaro akkreditatsiya tashkilotlarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi, shuningdek ularga qoʻyiladigan talablar;
  • taʼlim tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish;
  • maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish mezonlari.

Davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti har yili xavf-xatarlar tahliliga asoslangan taʼlim sifati monitoringini oʻtkazish uchun oʻz faoliyatini ichki baholaydi va uning natijasi boʻyicha toʻplangan maʼlumotlar hamda materiallarni onlayn tarzda taʼlim sifati monitoringi elektron platformasi orqali Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga yuboradi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida xavf-xatarlar tahliliga asoslangan taʼlim sifati monitoringini amalga oshiradi.

Vazirlikka 2024-yil 1-avgustga qadar taʼlim sifati monitoringi hamda akkreditatsiya va tegishli sertifikatlar berish elektron platformasini ishga tushirish topshirildi.