Yangiliklar

Telegramʻda fuqarolarga “prava” tayyorlab berishini aytib, fuqarolarni chuv tushirib kelgan shaxs ushlandi

Telegramʻda fuqarolarga “prava” tayyorlab berishini aytib, fuqarolarni chuv tushirib kelgan shaxs ushlandi
Ilyustrativ foto

Jizzax viloyati, Jizzax shahrida yashovchi B.Sh. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan jami 3 mln soʻm miqdoridagi pul mablagʻlari nomaʼlum shaxs tomonidan firibgarlik yoʻli bilan oʻzlashtirilganligini maʼlum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent viloyati, Angren shahrida yashovchi 24 yoshli K.F. sodir etganligi aniqlangan..

Unga koʻra, K.F., jabrlanuvchi B.Sh.ga oʻzini “Telegram” messenjerining “OʻZBEKISTON” nomli guruh admini sifatida tanishtirib, unga haydovchilik guvohnomasi tayyorlab berishini aytib, “V” toifa uchun 3 mln soʻm, “V,S” toifa uchun 3,5 mln soʻm miqdorida pullar tashlab berishi lozimligini aytib, uni ishonchiga kirish orqali, oldindan 3 mln soʻm miqdoridagi pullarni oʻzining foydalanuvida boʻlgan bank kartasiga oʻtkazib olgan va yozishmalarni oʻchirib yuborib, uning qoʻngʻiroqlariga javob bermay, qora roʻyxatga kirgazib qoʻygan.

Mazkur holat yuzasidan JKning 168-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, K.F.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.