Kecha tarmoqlarda madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning xizmat mashinasi yoʻlning belgilanmagan qismidan oʻtayotan velosipedchini urib yuborgani aytilgan videolar tarqaldi.
Madaniyat vazirligiga koʻra, voqea 16-fevral kuni Andijon viloyati Qorasuv shahrida sodir boʻlgan. Jabrlanuvchi zudlik bilan shifoxonaga olib borilgan va shifokorlar unga tezkor tibbiy yordam koʻrsatgan. Tekshiruvlar natijasida yoʻlovchining sogʻligʻi bilan bogʻliq jiddiy, xavotirli holat yoʻqligi aniqlangan.
“Zaruratga koʻra, albatta, bu borada yana qoʻshimcha axborot beriladi. Shu oʻrinda, yurtdoshlarimizdan yoʻlda harakatlanish madaniyatiga qatʼiy rioya qilishlarini soʻrab qolamiz”, – deyiladi xabarda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!