Yangiliklar

Oʻzbekistonga 2023-yilda 133,5 ming tonna banan import qilingan

Oʻzbekistonga 2023-yilda 133,5 ming tonna banan import qilingan
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonga 2023-yilda xorijdan qiymati 95,1 mln AQSH dollariga teng boʻlgan qariyb 133,5 ming tonna banan import qilingan.

Oʻzbekiston 2023-yilda eng koʻp banan import qilgan davlatlar:

  • Ekvador – 130  ming tonna
  • Xitoy – 1043 tonna
  • Gruziya – 976 tonna
  • Turkiya  – 746 tonna
  • Qozogʻiston – 375 tonna