17-fevral kuni soat 16:00 larda Olmazor tumani Ahmad Donish koʻchasida M.X. boshqaruvida boʻlgan Lacetti avtomashinasi hamda Oʻ.P. boshqaruvida boʻlgan Cobalt rusumli avtomashinalari ishtirokida yoʻl transport hodisasi sodir boʻlgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati xabar berdi.
YTH natijasida Lacetti haydovchisi hamda Cobalt haydovchisi va 1 nafar yoʻlovchisi birinchi yordam koʻrsatish uchun shifoxonaga olib ketilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!