Yangiliklar

Qaysi hudud aholisida yengil avtomobillar soni koʻp?

Qaysi hudud aholisida yengil avtomobillar soni koʻp?
Foto: Statistika agentligi

Statistika agentligining olingan idoraviy maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning 1-yanvar holatiga respublikamizda jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtomobillar soni 3 mln 759 ming 045 tani tashkil etmoqda.

2023-yil mobaynida jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtomobillar soni 362 525 taga oshgan. 

Hududlar kesimida jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtomobillar soni: 

  • Qoraqalpogʻiston R. – 161 926 ta 
  • Andijon viloyati – 271 885 ta
  • Buxoro viloyati – 241 855 ta 
  • Jizzax viloyati – 109 657 ta
  • Qashqadaryo viloyati – 297 305 ta
  • Navoiy viloyati – 109 274 ta
  • Namangan viloyati – 247 032 ta 
  • Samarqand viloyati – 417 165 ta 
  • Surxondaryo viloyati – 233 675 ta
  • Sirdaryo viloyati – 75 116 ta
  • Toshkent viloyati – 414 645 ta
  • Fargʻona viloyati – 354 858 ta 
  • Xorazm viloyati – 226 721 ta
  • Toshkent shahri – 597 931 ta