Statistika agentligining olingan idoraviy maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning 1-yanvar holatiga respublikamizda jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtomobillar soni 3 mln 759 ming 045 tani tashkil etmoqda.
2023-yil mobaynida jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtomobillar soni 362 525 taga oshgan.
Hududlar kesimida jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtomobillar soni:
- Qoraqalpogʻiston R. – 161 926 ta
- Andijon viloyati – 271 885 ta
- Buxoro viloyati – 241 855 ta
- Jizzax viloyati – 109 657 ta
- Qashqadaryo viloyati – 297 305 ta
- Navoiy viloyati – 109 274 ta
- Namangan viloyati – 247 032 ta
- Samarqand viloyati – 417 165 ta
- Surxondaryo viloyati – 233 675 ta
- Sirdaryo viloyati – 75 116 ta
- Toshkent viloyati – 414 645 ta
- Fargʻona viloyati – 354 858 ta
- Xorazm viloyati – 226 721 ta
- Toshkent shahri – 597 931 ta
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!