Yangiliklar

“Tarmoqlarda tarqalgan 400 ming soʻm nominaldagi banknotlar hech qanday qonuniy asoslarga ega emas” – Markaziy bank

“Tarmoqlarda tarqalgan 400 ming soʻm nominaldagi banknotlar hech qanday qonuniy asoslarga ega emas” – Markaziy bank
Foto: Markaziy bank

Ijtimoiy tarmoqlarda 100 000 soʻmlik banknotning nominali koʻrsatilgan raqamlarini 400 000 raqamiga oʻzgartirilgan holatidagi rasmlari tarqaldi. Ushbu xabarlar yuzasidan Markaziy bank munosabat bildirdi.

“Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi qonunning 39-moddasiga asosan Oʻzbekiston pul belgilarining nominal qiymati Markaziy bank tomonidan belgilanadi. Mazkur qonunning 40-moddasiga muvofiq, Markaziy bank Oʻzbekiston hududida qonuniy toʻlov vositasi sifatida pul belgilarini muomalaga chiqarishda mutlaq huquqqa ega boʻlib, yangi namunalardagi pul belgilari muomalaga chiqarilishi toʻgʻrisidagi xabar, shuningdek, ularning tavsiflari Markaziy bank tomonidan ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.

“Shunga koʻra, ayrim ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan 400 000 soʻm nominaldagi banknotlar hech qanday qonuniy asoslarga ega emasligi va fuqarolarimiz bunday yolgʻon xabarlarga aldanib qolmasligini soʻraymiz”, – deyiladi xabarda.